O‘zbekistonda yana bir hokim pnevmoniyadan vafot etdi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2020
26192Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev bugun, 8 sentyabr kuni vafot etdi. Bu haqdagi xabarni QALAMPIR.UZ’ga Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot kotibi Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
54 yashar G‘ayrat Begaliyevning vafotiga ikki tomonlama pnevmoniya sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 6 sentyabr kuni Mirishkor tumani hokim o‘rinbosari Mansur Rahmonov ham vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, G‘ayrat Begaliyev joriy yilning 2020 yilning 4 martidan buyon Mirishkor tumani hokimi lavozimida foaliyat yuritib kelayotgan edi.
LiveBarchasi