Koronavirus va pnevmoniya: 9 kishi vafot etdi 

Jamiyat

image

2021 yil 31 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157136 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 742 kishida koronavirus aniqlangan. 

Yangi kasallanish holatlarining: 

• 79 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 24 nafari Andijon viloyatida,
• 15 nafari Buxoro viloyatida,
• 19 nafari Jizzax viloyatida,
• 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 13 nafari Navoiy viloyatida,
• 17 nafari Namangan viloyatida,
• 65 nafari Samarqand viloyatida,
• 17 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 26 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 69 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 18 nafari Xorazm viloyatida,
• 116 nafari Toshkent viloyatida,
• 251 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Kecha kun davomida: 

• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 87 nafar,
• Buxoro viloyatida 24 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
• Navoiy viloyatida 16 nafar,
• Namangan viloyatida 71 nafar,
• Samarqand viloyatida 86 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 33 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 50 nafar,
• Xorazm viloyatida 38 nafar,
• Toshkent viloyatida 109 nafar,
• Toshkent shahrida 154 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 149273 (+683) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda. 

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1088 nafarni tashkil qildi. 

Kecha, 31 avgust kuni 244 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 23909 nafarga yetdi. Kecha ularning 306 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 16576 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 174 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pnevmoniya

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing