Bolalar pnevmoniyaga chalinmasligi uchun nima qilish kerak?

Salomatlik

image

Ota-onalar bolalari pnevmoniya, bronx-o‘pka kasalliklarining oldini olishga e’tibor qaratishlari kerak. Buning uchun gigiyenik qonun-qoidalarga rioya qilish va buni farzandlarga ham o‘rgatish, qo‘lni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan muntazam ravishda dezinfeksiya qilish muhim. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev aytib o‘tdi.

Mutaxassisga ko‘ra, quyidagi chora-tadbirlar barcha bronx-o‘pka kasalliklaridan himoyalanishga katta yordam beradi:

Jumladan:

•    yuzni qo‘l bilan ushlamaslik;

•    xonalarni doimiy ravishda shamollatib turish;

•    bolalarga yo‘talganda yoki aksa urganda og‘iz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni o‘rgatish;

•    farzandlarga kasal bo‘lgan bolalar oldiga yaqin kelmaslikni uqtirish;

•    himoya niqoblaridan foydalanishni o‘rgatish;

•    farzandlar kasal bo‘lib qolsa, bog‘cha yoki maktabga yubormasliklari lozim.

Shuningdek, bolaning to‘g‘ri va ratsional ovqatlanishi, surunkali infeksiya o‘choqlarini bartaraf etish va chiniqtirish turli xil kasalliklarning oldini olishga katta yordam beradi. 

Bolaga qo‘shimcha D vitaminining suvli eritmasi (Akvadetrim), askorbin kislotasi, immunotsink va selen moddalari, kamqonlikni davolash maqsadida temir preparatlari tavsiya etilsa, nafas yo‘llari kasalliklariga qarshi kurashish kuchini oshirishga yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

pnevmoniya

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing