O‘zbekistonda bir sutkada qariyb 500 kishida koronavirus aniqlandi 

Jamiyat

image

Kecha, 13 iyul kuni O‘zbekistonda qariyb 500 kishida koronavirus, 300 nafardan ortiq kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 13 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 491 nafarga ortib, 117 409 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 

  • 40 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 32 nafari Andijon viloyatida;
  • 21 nafari Buxoro viloyatida;
  • 52 nafari Jizzax viloyatida;
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 12 nafari Navoiy viloyatida;
  • 45 nafari Namangan viloyatida;
  • 32 nafari Samarqand viloyatida;
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 31 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 29 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 10 nafari Xorazm viloyatida;
  • 57 nafari Toshkent viloyatida;
  • 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 319 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 67 nafar;
  • Buxoro viloyatida 19 nafar;
  • Jizzax viloyatida 99 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 18 nafar;
  • Navoiy viloyatida 12 nafar;
  • Namangan viloyatida 45 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 28 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 74 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 48 nafar;
  • Xorazm viloyatida 20 nafar;
  • Toshkent viloyatida 37 nafar;
  • Toshkent shahrida 61 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 112546 (+528) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 781 nafarni tashkil qildi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda jami qo‘llanilgan vaksinalar qariyb 5 million dozaga yetdi. Joriy yilning 12 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda to‘liq emlangan fuqarolar 921 623 nafarni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi koronavirus infektsiya pnevmoniya

Baholaganlar

61

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing