Toşkentda OIV infeksiyasini yuqtirib olganlar 307 taga köpaydi
O‘zbekiston
−
11:55 420 2 daqiqa
Toşkent şahrida 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida OIV infeksiyasining 307 ta yangi holati qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 17 taga kam. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining keça, 13 noyabrdagi “Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi tomonidan aholi salomatligini asraş, kasalliklarning oldini oliş va uni profilaktika qilişning haqiqiy holati, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda uşbu yönalişdagi faoliyatni yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlarni örganiş va natijasini muhokama qiliş töğrisida”gi qarorida ma’lum qilingan.
Qayd etilişiça, ayni paytda poytaxtda OIV infeksiyasi bilan yaşayotganlar soni 10 382 nafarni taşkil etadi. Ularning 5 916 nafari erkaklar, 4 465 nafari ayollar. Şuningdek, ular orasida 18 yoşgaça bölgan 137 nafar bola bor.
2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida aniqlangan 307 ta yangi holatning 233 tasi (75,9 foiz) jinsiy yöl bilan yuqqan. 13 ta holatda (4,2 foiz) infeksiya tibbiy muolajalar orqali, 4 ta holatda (1,3 foiz) notibbiy parenteral yöl bilan, 6 ta holatda (2 foiz) esa giyohvand moddalarni tomir içiga yuboriş orqali yuqişi qayd etilgan.
Tumanlar kesimida OIV infeksiyasi körsatkiçi Bektemir tumanida 17,0, Mirobodda 15,4, Uçtepada 14,8, Yangihayotda 11,1, Sergelida 9,8, Yaşnobod va Yunusobodda 9,7 ni taşkil etgan. Uşbu tumanlardagi körsatkiçlar şahar örtaça körsatkiçidan yuqori.
Ma’lumot uçun, 2025 yilning töqqiz oyida Toşkent şahrida OIV infeksiyasining 324 ta yangi holati aniqlangan. 2026 yilning şu davrida bu raqam 307 tani taşkil etgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Toşkent şahrida 15-16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr