Qashqadaryoda yigit amakisining qizini olib qochib, nikohga majburladi
3-sahifa
−
04 noyabr 2020
80694Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yigit onasi bilan amakisining qizining olib qochib, uni turmush qurishga majburladi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.
Mirishkor tumanidagi “Obod” MFYda yashovchi 18 yoshli X.A. IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda keltirilishicha, shu yilning 4 oktyabr kuni opasi bilan o‘zlari yashaydigan mahallada joylashgan savdo do‘koniga borish uchun uydan chiqishgan. Opa-singil ko‘chada ketayotganida amakisining o‘g‘li X.A. Nexia avtomashinasida onasi bilan keli, X.A.ni ko‘chada avtomashinaga majburlab mindirib, tumanning Cho‘lquvar qishlog‘iga olib ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, X.A. amakisining qizini o‘ziga turmushga chiqishga majbur qilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozir tergov harakatlari olib borilyapti.
Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda ham bir guruh fuqarolar qiz bolani olib qochgani va turmush qurishga majburlagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi