22 million sömlik jarima: yaşirin nikoh ortidagi muammolar

Tahlil

−

Reklama
0:00

Endi “ZAGS” guvohnomasisiz şar’iy nikoh öqitgan şaxslar 22 million sömgaça jarimaga tortiladi. Muhim jihati, bu jarimani nikoh öqitayotgan er-xotin emas, balki şar’iy nikohni öqigan şaxs – imom yoki boşqa diniy marosimni amalga oşirgan kişi tölaydi.

Xöş, davlat bugun nega noqonuniy nikoh uçun jarimalarni oşirmoqda? Bu şunçaki nikohni rasmiylaştiriş talabimi yoki uning ortida kattaroq ijtimoiy muammo bormi?

Aslida, bu masalaning ortida voyaga yetmagan qizlarning erta turmuşga çiqarilişi, ayollarning huquqiy himoyasi, köp xotinlilik, oilaviy zöravonlik va farzandlar manfaatiga daxldor jiddiy muammolar yotibdi. Çunki noqonuniy nikoh ortida ayolning huquqi, aliment, meros va boşqa oilaviy huquqlarini himoya qiliş ança murakkablaşadi. Eng açinarlisi, bunday munosabatlarda köpinça ayollar va bolalar zarar köradi.

Afsuski, bugun jinoyatlar orasida “kundoşining qotili” degan tamğalar ham uçrab turibdi. Buni men ilk bor Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” romanida Zaynab Kumuşni zaharlaganida öqiganman. Öşanda yiğlaganman. Ammo bugun şunga öxşaş voqealar odamni hayratga solişi u yoqda tursin, tobora odatiy xabarga aylanayotgandek. Eng qörqinçlisi ham şu – fojialarga könikib borayotganimiz.

Sirdaryo viloyatida erkak bilan olti yildan buyon şar’iy nikohda yaşab kelgan ayol raşk va oilaviy kelişmovçiliklar sababli erkakning qonuniy rafiqasi yaşaydigan uyga oşxona piçoği bilan bostirib kiradi. Oqibatda ayol va uning 6 yoşli qizi halok böladi, 3 yoşli qizi esa jarohatlanadi.

Bunga yana bir dahşatli misol – Surxondaryoda sodir bölgan voqea. Erkak Haj safariga ketganidan foydalanib, uning qonuniy rafiqasi şar’iy nikohidagi ayoli va uning ikki farzandini yoqib yuboradi. Oqibatda uçalasi ham halok böladi.

Tanganing ikkinçi tomoni ham bor. Jamiyatimizda voyaga yetmagan qizlarni şar’iy nikoh orqali turmuşga beriş holatlari ham uçraydi. Bu noqonuniy nikoh erta homiladorlik, ta’limdan uziliş, zöravonlik kabi xavflarni yuzaga keltirişi mumkin. Qonunçilikka köra, Özbekistonda nikoh yoşi ayollar va erkaklar uçun 18 yoş etib belgilangan. Agar siz endi qonunga zid ravişda nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan oila qursangiz, 4 million 400 ming sömdan 6 million 600 ming sömgaça jarimaga tortilasiz. Voyaga yetmagan farzandingizni turmuşga bersangiz yoki uylantirsangiz, 8 million 800 ming sömdan 11 million sömgaça jarima tölaysiz.

Demak, gap faqat nikohni rasmiylaştiriş yoki şar’iy nikoh öqitişda emas. Gap yoş qizlarning taqdiri, ayollarning huquqi, bolalarning kelajagi va oiladagi xavfsizlik haqida ketmoqda. Albatta, 22 million sömlik jarima ana şu muammolarni hal qilalmaydi. Ammo qonunlar soyasida qurilgan jamiyatning nikoh, oila va ayolga bölgan munosabati özgarib boradiyu
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing