Sobiq prokuror Mirishkor tumaniga hokim bo‘ldi. Avvalgi hokim pnevmoniyadan vafot etgandi

Jamiyat

image

Bugun, 7 oktyabr kuni Xalq deputatlar Mirishkor tumani kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirziyev ishtirok etib, tumanga yangi hokimni tayinladi. 

Bugungacha Qamashi tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Sherali Choriyevich Sanayev Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan. 

Viloyat hokimligi Matbuot xizmatinig qayd etishicha, yangi hokim Sanayevga Mirishkor tumani begona emas. U 2013-2018 yillarda tuman prokurori lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining sobiq hokimi G‘ayrat Begaliyev joriy yilning 8 sentyabr kuni 54 yoshida pnevmoniya xastaligidan vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mirishkor tumani Sherali Sanaev

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made