Rasman: Mirishkorliklar so‘kong‘ich hokimdan qutuldi
Jamiyat
−
04 mart 2020
8642Mirishkor tumanining so‘kong‘ich hokimi Baxtiyor Rajabov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Qarshi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan G‘ayrat Turdiyevich Begaliyev tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi rasman xabar berdi.
Avval xabar berganimizdek, bugun, 4 mart kuni Xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashining navbatda tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi Sherzod Qudbiyev va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.
Ayni vaqtda Qarshi tumaniga esa viloyat hokimining o‘rinbosari - xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mukaddas Olimxujayevna Mirsaidova rahbar etib tayinlanishi kutilmoqda.
LiveBarchasi