“Ali Xo‘ja, Xo‘ja Ali”. Xorazmning 2 hokimi boshqa tumanlarga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
07 noyabr 2023
7234Xorazmning Shovot va Qo‘shko‘pir tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Oybek Xolboyev Madaminovich Shovot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Urganch shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Xolboyev 2018-2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi bo‘lgan, keyinchalik 3 yilga qamalgan Shuhrat Abdullayev o‘rniga kelgan. Shuningdek, Oybek Xolboyev Bog‘ot tumani hokimi sifatida ham ishlagan.
U 2019 yil sentyabr oyida tumanda fuqarolar paxta terimiga majburan jalb etilgani tufayli jarimaga tortilgan.
Bundan tashqari, Shuhrat Ahmedov Kurvondurdiyevich Qo‘shko‘pir tumani hokimi etib tayinlandi. U joriy yilning 1 aprel kuni Tuproqqal’a tumani hokimi etib tasdiqlangandi. Ahmedov Tuproqqal’a hokimi bo‘lguncha Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.