Xorazmda qizlarning sochini yulgan direktor ishdan haydaldi
3-sahifa
−
29 aprel 6520 1 daqiqa
Avvalroq, Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi 14-son maktab direktori o‘quvchilarni urib, ularning sochidan tortib, sudragani haqida xabar berilgan edi. Ushbu maktabning direktori o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan hamda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida 38-umumta’lim maktabining direktori o‘quvchilarni kaltaklagandi. Keyinroq bunga o‘quvchining sinf xonasida pirotexnika vositalaridan foydalangani sabab bo‘lgani aytildi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr