Piskentdagi ko‘prik qulashining sababi ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
03 Oktabr
7756
Avvalroq, Toshkent viloyatining Piskent tumani hududidagi ko‘prik qulab tushgani xabar qilingandi. Ko‘prik qulashiga yuk mashinasining belgilangan 8 tonnadan og‘ir yuk bilan harakatlangani sabab bo‘lgan. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xabar berdi.
Howo rusumli og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositasi umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R19 “To‘ytepa sh. (4R2 avtoyo‘li 35 km) - Piskent sh. - A373 avtoyo‘li”ning 14-kilometr qismidagi temir-beton ko‘prikda me’yordan ortiq yuk bilan harakatlanishi oqibatida ko‘prikning o‘ng tomonlama harakat tasmasidagi oraliq temir-beton qurilmalari (balkalari) va tayanch (svai) qismlari ushbu yuklamaga bardosh berolmasdan sinib, buzilib, mazkur avtotransport vositasi bilan birgalikda “Toshkanal” kanaliga tushib ketgan. Mashina fuqaro R.R.ga tegishli bo‘lib, avtotransport vositasining texnik pasportiga muvofiq yuksiz vazni 26,8 tonna va to‘la vazni 40,0 tonna bo‘lishi kerak.
Yuk mashinasining hujjatlari o‘rganilganda va ko‘zdan kechirilganda, transport vositasiga qum mahsuloti yuklangani va yuk xatiga asosan qumning hajmi 50m3 (50m3 x 1,6 o‘tish koeffitsiyenti=80 tonna) ni tashkil etgani aniqlangan. Transport vositasining yuksiz vazni 26,8 tonna, ustiga yuklangan qumning og‘irligi – 80 tonna, birgalikda –106,8 tonnani tashkil etgan.
Ko‘prikda og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatini taqiqlovchi va 8 tonnagacha yuk bilan harakatlanish mumkin ekanligini ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari o‘rnatilganligiga qaramasdan, haydovchi ushbu cheklovlarga amalga qilmagan holda avtotransport vositasini boshqargan va buning oqibatida ushbu favqulodda holatni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan.
LiveBarchasi