Pirotexnika sabab 6 ta xonadonga o‘t ketdi – IIV

3-sahifa

image
“Tartibga solingan” tartibsizlik: pirotexnika bo‘yicha chalkash hujjatlardan nima tushunish mumkin? north_east

“Tartibga solingan” tartibsizlik: pirotexnika bo‘yicha chalkash hujjatlardan nima tushunish mumkin?

O‘zbekistonda Yangi yil arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida 120 dan ortiq odam jarohat olgan. Ularning 80 foizi voyaga yetmagan bolalar. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov fuqarolarga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, 12 million donadan ortiq pirotexnika mahsulotlari musodara qilingan, 258 kishi ma’muriy, 17 kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, yana 1048 ta holat bo‘yicha hujjatlar sudlarga va boshqa organlarga qonuniy chora ko‘rish uchun yo‘naltirilgan.

Pirotexnika sabab oltita holatda fuqarolar xonadonida yong‘in yuzaga kelgan.

Avvalroq, QALAMPIR.UZ Yangi yil bayramida pirotexnika paqillatish avjiga chiqqanini tanqid qilib, tegishli idoralardan paqildoqlar O‘zbekistonga qanday kirib kelgani, ulardan foydalanish qanday tartibga solingani bo‘yicha izoh talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pirotexnika

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing