Maltada pirotexnika zavodi portlab ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 1 iyun kuni ertalab Maltaning Magtab hududida joylashgan “Ta'Lourdes” pirotexnika ishlab chiqarish zavodida kuchli portlash yuz berdi. Portlash oqibatida hosil bo‘lgan zarba to‘lqini orolning bir nechta aholi punktlarida sezilgan, osmonga esa ulkan tutun ustuni ko‘tarilgan. Bu haqda “Times of Malta” xabar berdi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi kuchli portlashdan keyin bir qator kichikroq detonatsiyalar sodir bo‘lgan. Aholi hodisa joyidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan uylarda binolarning silkingani va deraza oynalari chiqib ketgani haqida xabar bergan.

Voqea joyiga zudlik bilan favqulodda xizmatlar, politsiya va o‘t o‘chirish guruhlari safarbar etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgan vaqtda korxona xodimlari zavod hududida bo‘lmagan.

Xabar qilinishicha, zavod yaqinidagi qishloq xo‘jaligi dalalarida bo‘lgan ikki kishi yengil jarohatlar va shok holati bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Hozirgi vaqtda Malta huquq-tartibot idoralari hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myanmaning shimoli-sharqida joylashgan Kaungtup qishlog‘ida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pirotexnika Mal'ta Magtab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing