301 ming dona pirotexnika buyumini Özbekistonga olib kirişga uringanlar uşlandi (video)
3-sahifa
−
12:51 516 2 daqiqa
Namangan viloyatida Qirğizistondan Özbekistonga 301 ming 462 dona pirotexnika buyumini noqonuniy olib kirişga uriniş foş etildi. Ularning umumiy qiymati 817,7 mln sömga baholangan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, Çegara qöşinlari, Içki işlar va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda Qirğizistondan Özbekistonga kirib kelgan “KamAZ” yuk maşinasi va unga ulangan “Samro” rusumli yarim tirkama “Uçqörğon” çegara-bojxona postida töxtatilib, tekşirilgan.
Tekşiruv davomida yarim tirkamaning pol qismi ostiga yaşirilgan, xorijda işlab çiqarilgan va tegişli hujjatlari bölmagan 10 turdagi jami 301 ming 462 dona pirotexnika buyumlari aniqlangan. Şuningdek, 700 dona “Steklovidnoye telo” nomli tibbiyot dori vositasi ham topilgan.
Baholaş hisobotiga köra, pirotexnika buyumlarining qiymati 817 mln 716 ming sömni, dori vositalariniki esa 2 mln 128 ming sömni taşkil etadi.
Bildirilişiça, holat yuzasidan yuk maşinasi haydovçisi – Farğona viloyati Quvasoy tumanida yaşovçi, 1980 yilda tuğilgan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Domodedovo aeroportida Özbekistonga uçib kelayotgan 32 yoşli yölovçining yukidan tarkibida radioaktiv modda bölgan 31 kilogramm quritilgan oq qöziqorin topilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi