Namangandagi mebel sexiga öt ketdi
3-sahifa
−
850 1 daqiqa
Keça, 23 noyabr kuni Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanidagi mebel tayyorlaş sexida yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 23 noyabr kuni soat 21:11 da Yangi Namangan tumani “A. Beruniy“ MFY, Kosonsoy köçasi, 18-uyda joylaşgan MÇJga qaraşli mebel tayyorlaş sexida yonğin sodir bölayotgani töğrisida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.
Şundan söng yonğin-qutqaruv bölinmalari soat 21:15 da voqea joyiga yetib borib, zudlik bilan yonğinni bartaraf etiş işlarini boşlagan. Yonğin soat 21:20 da qurşab olinib, soat 21:40 da töliq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida binoning taxminan 110 kvadrat metr maydonida, jumladan, mebel tayyorlaş ustaxonasi hamda işçi-xodimlarning dam oliş xonasi şifti va tom qismlari zararlangan.
Yonğin-qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida binodagi 800 kvadrat metr maydon yonğindan saqlab qolingan. Şuningdek, yonğin oqibatida tan jarohati oliş yoki halok böliş holati kuzatilmagan.
Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida mebel işlab çiqariş sexida yuz bergan yonğin qariyb 45 daqiqada öçirilgan edi.
Live
Barçasi