Pezeshkiyon Eronning G‘arb va Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmaydi – CNN

Olam

image

Eronning yangi Prezidenti, islohotchi Mas’ud Pezeshkiyon islomiy respublikaning G‘arb va Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmaydi. Bu haqda CNN tahlilida so‘z boradi.

“G‘arb davlatlari bu saylov Eron bilan munosabatlarni o‘zgartirishini yoki Eronning Isroil bilan munosabatlar trayektoriyasini yangi yo‘nalishga o‘tishini kutmayapti”, deyiladi telekanal xabarida.

CNN, shuningdek, saylovlar arafasida Eron oliy hukmdori Xomanaiy G‘arb bilan munosabatlarni yaxshilashga intilayotganlarni qoralaganini da’vo qilmoqda. Telekanal bu borada Pezeshkiyon ochiqchasiga tashqi siyosat masalalarida Xomanaiyga tayanishi haqidagi taxminlarni ilgari surmoqda.

Xabarlarda keltirilishicha, Pezeshkiyon avvalroq Tramp buyrug‘i bilan o‘ldirilgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari general Qosim Sulaymoniyni maqtagan.

“Men uni milliy g‘urur manbai va dushmanlarimizning boshiga tikan deb bilaman”, degan u yaqinda bo‘lib o‘tgan prezidentlik debatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq islohotchilar qanotidan nomzod Mas’ud Pezeshkiyon Eronda prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqani e’lon qilingan edi. Hammasi bo‘lib 30 milliondan ortiq ovoz hisoblab chiqilgan. Ulardan Pezeshkiyon 16,384 million, uning konservativ raqibi Said Jaliliy 13,538 million ovoz olgan. 69 yoshli Pezeshkiyon avval Sog‘liqni saqlash va tibbiyot ta’limi vaziri bo‘lgan. U uchinchi urinishda prezident bo‘ldi. U endi Eronning to‘qqizinchi Prezidenti sanaladi. Mamlakatda Prezident oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiydan keyin ikkinchi eng qudratli siyosatchi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil G'arb Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing