Peskov Qodirovning Makronga murojaati Rossiyaning tashqi siyosatini anglatmasligini aytdi
Olam
−
28 Oktabr 2020
8832Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Fransiya Prezident Emmanuel Makron musulmonlarni yashirin ravishda terrorizmga da’vat etyapti degan bahsli fikriga nisbatan munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, Rossiyaning tashqi siyosatini faqat mamlakat Prezidenti belgilashi mumkin, mintaqalar rahbarlari bunday vakolatlarga ega emas. Bu haqda Dmitriy Peskov bugun, 28 oktyabr Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Makronga nisbatan “e’tiqodga qarshi hujumlarni to‘xtatish” chaqirig‘iga bildirgan izohida to‘xtalgan.
“Bilasizmi, bizning qonunchilikda mamlakatning tashqi siyosatini belgilashda Prezidentning ustunligi ko‘zda tutilgan. Sub’ektlarning rahbarlari tashqi siyosat bilan shug‘ullana olmaydi, tashqi siyosatni shakllantirmaydi, belgilamaydi va hech qanday qaror qabul qilmaydi”, deb ta’kidladi Peskov.
Shu bois u davlat rahbari tomonidan shakllanadigan yo‘nalishga e’tibor qaratish lozimligini urg‘ulaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix fani o‘qituvchining o‘ldirilishi ortidan yanada sovuqlashdi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatadi. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning Islom olamiga qarshi bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Turkiya va arab davlatlari fransuz mahsulotlariga boykot boshladi.
Bu orada Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ikki marta Makronga nisbatan e’tiroz bilan bayonot berdi.
LiveBarchasi