Peskov Kiyevni keskin ogohlantirdi
Olam
−
15:22 4974 1 daqiqa
Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaning Rossiyadagi iqtisodiy va savdo infratuzilmasiga berayotgan zarbalariga Moskva tomonidan keskin javob qaytarilishini aytdi. Bu haqda u “Bloomberg” agentligiga bergan izohida ma’lum qildi.
“Ukraina bizning iqtisodiy va savdo infratuzilmamizga zarba berishga urinmoqda. Bu biz tomondan javob choralarini ko‘rishga sabab bo‘lmoqda va bu javob keskin bo‘ladi”, degan Peskov.
Qayd etilishicha, Kreml vakili Rossiyaga “harbiy eskalatsiya” kerak emasligini ham ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya maxsus harbiy operatsiya doirasida usiz ham oldinga siljimoqda.
“Agar siz harbiy harakatlarning kuchayishi haqida gapirayotgan bo‘lsangiz, bu bizga shunchaki kerak emas, chunki biz baribir oldinga siljiyapmiz”, deya qo‘shimcha qilgan Peskov.
U bu fikrlarini “Bloomberg”ning Rossiya Ukraina hududidagi zarbalarni kuchaytirishga tayyorlanayotgani haqidagi xabariga izoh berayotganida bildirgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bunga Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarining boshi berk ko‘chaga kirib qolgani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat harbiylari so‘nggi bir sutka ichida Rossiya hududidagi 16 ta muhim nishonga zarba berganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, bugun, 27 avgust kuni Rossiyaning Orenburg va Ufa shaharlaridagi Ozon kompaniyasining logistika ob’ektlari Ukraina dronlari hujumiga uchragan.
Live
Barchasi