Pep Gvardiola qimmatbaho villa xarid qilmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Barselonadagi oilaviy uyi yaqinidan 13,5 million funt sterlinglik yangi hashamatli villa sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Thye Sun” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 54 yoshli mutaxassis ajrashgan rafiqasi Kristina Serra bilan birga yashagan 8,5 million funtlik uyidan atigi 91,44 metr masofada joylashgan yangi villani sotib olish niyatida. Mulk Barselonadagi Pedralbes mahallasida joylashgan.

Quruvchilarlarga ko‘ra,  har bir uy atrofida doim yashil emanlar, limon daraxtlari, sarvlar, magnoliyalar va qadimiy zaytun daraxtlari bor. Ular uy egasining shaxsiy hayotini maksimal himoya qilishini qo‘shimcha qilgan.

Ispaniyalik manbalarga ko‘ra, Gvardiola yanvar oyida Kristina Serra bilan ajrashganini ommaga e’lon qilganidan so‘ng bu qarorga kelgan. Yangi uy, aytilishicha, juftlikning 17 yoshli kenja qizi Valentina uchun kelajakdagi sarmoya sifatida ham ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, Gvardiolaning “Manchester Citi” bilan shartnomasi 2027 yilda yakunlanadi. Ispaniyalik mutaxassis 2016 yilda klubga kelganidan buyon jamoaga 18 ta yirik sovrin, jumladan 6 ta Premer-liga va 1 ta Chempionlar ligasi bosh sovrinini olib bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Pep Gvardiola  “Liverpul”ga qarshi uchrashuvda murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yini o‘tqazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing