Gvardiola yubiley o‘yinini o‘tkazish arafasida turibdi

Sport

image

Ertaga, 9 noyabr kuni “Manchester Siti” jamoasi o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qiladi. Bu uchrashuv Gvardiolaning  murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yini bo‘ladi. Bu haqda “Thye Guardian” nashri xabar berdi.

Gvardiola shu paytgacha “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti” bilan jami 999 ta uchrashuvda jamoasini maydonga boshlab chiqqan, ulardan 715 tasida g‘alaba qozonib, 39 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Uning murabbiy sifatidagi umumiy g‘alaba foizi 71,57 foizga teng.

54 yoshli murabbiy Ser Aleks Fergyusonning “murabbiyning muvaffaqiyati futbolchilarga bog‘liq” degan fikriga qo‘shilgan holda, o‘zining uzoq yillik barqaror natijalari fidoiylik va ishtiyoq bilan bog‘liq ekanini ta’kidlaydi:

“Fidoiylik, ehtiros, sevgi bunda meni hech kim yenga olmaydi. Biz “Barselona”da, “Bavariya”da va bu yerda aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishdik. 1000 ta o‘yin bu juda katta yo‘l, lekin hali davom etamiz”,  deydi Gvardiola.

Pep Gvardiola Ispaniyalik mutaxassis bu muhim marrani “eng yaxshi raqib”ga qarshi o‘yin bilan nishonlash nasib etgani uchun Xudodan minnatdor ekanini bildirdi.

 “Agar bu bosqich uchun bitta raqib tanlashim kerak bo‘lsa, bu  eng yaxshisi. Chunki “Liverpul” bu mamlakatdagi eng katta raqib. Yaratgan bundan mukammalini tanlay olmas edi”,  deya hazillashdi u.

2017-2018 yilgi mavsumdan beri Angliya chempionligi faqat “Siti” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasida hal bo‘lib kelmoqda. Gvardiolaga ko‘ra, hozirda bu raqobat ichki chempionatdagi eng shiddatli kurashga aylangan:

“Biz so‘nggi o‘n yilda bu raqobatni yaratdik. Ilgari bu “Yunayted” – “Liverpul”, ehtimol “Chelsi” va “Arsenal” edi, endi esa bu biz bilan “Liverpul” o‘rtasida”,  deydi u.

Gvardioladan futboldagi eng buyuk murabbiy kimligi haqidagi savollarga ham javob berdi:

“Tarixda ko‘plab buyuk murabbiylar bo‘lgan. Ammo raqamlar ko‘rsatib turibdi men ham ularning bir qismiman”,  deydi ispaniyalik mutaxassis.

 

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” – “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi ushbu bahs ertaga, 9 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi. Ayni paytda “shaharliklar” APL turnir jadvalida  19 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Arne Slot shogirdlari 18 ochko bilan 3-pog‘onada bant etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pep Gvardiola “Manchester Siti” 1000-o'yin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing