Husanov penaltidan gol urolmadi
Sport
−
01 avgust 3581 1 daqiqa
Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida ilk bor penaltilar seriyasida ishtirok etdi, ammo o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi. Yakunda “shaharliklar” “Inter”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
Mavsumga tayyorgarlik tariqasida Gonkongda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanib, unda Italiyaning “Inter” jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Abduqodir Husanov bahsni to‘liq 90 daqiqa maydonda o‘tkazdi. U uchrashuvning 83-daqiqasida sariq kartochka oldi. “Sofascore” portali o‘zbekistonlik himoyachining harakatlarini 6,6 ballga baholadi.
Penaltilar seriyasida Husanovdan tashqari “Manchester Siti” futbolchilari Niko Gonsales va Rayan Ayt-Nuri ham o‘z zarbalarini aniq amalga oshira olmadi. Seriyadagi birgina gol Klaudio Echeverri tomonidan kiritildi.
Live
Barchasi