Pentagon rahbari Yamanga zarba berish rejalarini xotiniga yuborgan – NYT

Olam

image

AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset 15 mart kuni Signal xabar almashish ilovasidagi rafiqasi, ukasi va shaxsiy advokatini o‘z ichiga olgan shaxsiy chatda Yamanda bo‘lajak zarbalar tafsilotlari bilan o‘rtoqlashgan. Bu haqda kecha, 20 aprel kuni suhbat mazmunidan xabardor manbalarga tayanib, “The New York Times” (NYT) xabar berdi.

NYT manbalariga ko‘ra, Pentagon rahbari chatda vazifasi Yamandagi husiylarga zarba berish bo‘lgan F/A-18 Hornet qiruvchilarining parvoz jadvalini eslatgan. Xuddi shu hujum rejalari “The Atlantic” bosh muharriri Jeffri Goldberg xatolik bilan qo‘shilib qolgan Signal'dagi boshqa bir chatda e’lon qilingan.

Hegsetning rafiqasi, “Fox News” telekanalining sobiq prodyuseri, Mudofaa vazirligi xodimi emas, lekin u chet el safarlarida eriga hamrohlik qilgan. Vazirning ukasi va uning shaxsiy advokati Tim Parlatore Pentagonda ishlaydi.

Atlantika muharriri tasodifan qo‘shilib qolgan suhbat chatdan farqli o‘laroq, bu chatni Hegsetning o‘zi 2025 yil yanvar oyida, vazir etib tasdiqlanishidan oldin yaratgan. Chat “Defense | Team Huddle” deb nomlangan va Hegset buning uchun davlat telefonidan emas, balki shaxsiy telefonidan foydalangan.

Tramp jamoasining Signal'dagi suhbatining sizdirilishi

“The Atlantic”ning bosh muharriri 24 mart kuni u Signal xabar almashish ilovasidagi guruh suhbatiga qo‘shilganini, unda Oq uy rasmiylari Yaman husiylarining pozitsiyalariga zarba berishni muhokama qilganini aytdi. Chatda 18 kishi, jumladan Mudofaa vaziri Pit Hegset, AQSH Prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolts va ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Stiven Miller bor edi.

Keyinroq nashr yozishmalarning to‘liq stenogrammasini chop etdi. Jurnalistlar bu harakatni Signal messenjer suhbati ishtirokchilari, jumladan, AQSH Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard va Markaziy razvedka direktori Jon Ratkliff voqeani bosdi-bosdi qilmoqchi bo‘lgani bilan izohladi.

Oliy mansabdor shaxslarning Senatdagi tinglovda ko‘rsatma berishlaricha, onlayn suhbat davomida hech qanday maxfiy ma’lumotlar berilmagan. Biroq Mudofaa vazirligining sobiq rasmiylari hujumdan oldin uchish vaqti va samolyotlarning turlari haqidagi xabarlar uchuvchilar hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin edi, deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pentagon Pit Hegset Signal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing