Pelosi Armanistonga kelyapti. U urush olovini qayta yoqadimi?

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi ertaga, 17 sentyabr kuni Armanistonga bo‘lajak tashrifi haqidagi xabarlarni tasdiqlab, sayohat rejalari ommaga e’lon qilinganidan bexabarligini ta’kidladi. 

"Sayohat rejalarim allaqachon e’lon qilinganini bilmasdim. Ertaga men Armanistonga boraman", deydi spiker bugun, 16 sentyabr kuni Berlinda "Yettilik" guruhi mamlakatlari parlamentlari rahbarlarining matbuot anjumanida. 

Uning qayd etishicha, Armaniston tomonidan taklif ancha oldin olingan. Shuningdek, Pelosi bilan birga Vakillar palatasining (Kaliforniyalik demokrat) a’zosi (arman) Jeksi Spir ham tashrif buyuradi. 

Amerikaning “Politico” gazetasi avvalroq Pelosi kelayotgan hafta oxirida Armanistonga tashrif buyurib, Yerevanni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Nashrning yozishicha, u Armaniston osh vaziri Nikol Pashinyan, shuningdek, respublikaning boshqa rasmiylari bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, 2-3 avgust kunlari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi. Bu esa Pekinning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi va bunga javoban orol atrofida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. 

14-15 avgust kunlari esa senator Ed Marki (Massachusets shtati) boshchiligidagi delegatsiya Tayvanga keldi. Uning ortidan ham orol atrofida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Keyinchalik 25 avgust kuni Tennessi shtatidan respublikachi AQSH senatori Marsha Blekbern Tayvanga keldi. Xitoy Blekbernning tashrifiga munosabat bildirib, AQSH Tayvan bo‘g‘ozi mintaqasida tinchlik bo‘lishini istamasligini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Nensi Pelosi

Baholaganlar

218

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing