Parlament Jeenbekovning oxirgi farmonini bekor qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘u Kenesh Bishkekda joriy etilgan favqulodda holat rejimini bekor qilish bo‘yicha qarorni qabul qildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda. 

Deputatlar bir ovozdan sobiq Prezident Sooronbay Jeenbekov tomonidan qabul qilingan Bishkekda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni bekor qilishga ovoz berishgan.

Favqulodda holat joriy yilning 9 oktyabr soat 20:00 dan 21 oktyabr soat 08:00 gacha amal qilishi kerak edi. U sobiq davlat rahbari farmoni bilan Qirg‘iziston poytaxtidagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun joriy qilingan edi.  

Prezident qarori bilan poytaxtga harbiy kolonna kiritildi, komendantlik soati e’lon qilindi

Bu orada mamlakat parlamenti spikeri va Hukumat raisi o‘zgardi, Prezident iste’fo berdi. Ayni vaqtda Prezident vakolatlari Bosh vazir qo‘liga o‘tgan
 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

645

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing