Parij-2024: Rustam Assakalov jarohat olib, bahsni davom ettirolmadi
Sport
−
07 avgust
5393Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olimpiada o‘yinlarida -97 kg vaznda ishtirok etayotgan Rustam Assakalov 3-o‘rin uchun bellashuvda jarohat olganligi bois, bahsni erta yakunladi.
Kubalik 25 yoshli Gabriel Kindelanga qarshi gilamga chiqqan 40 yoshli Assakalov bahsning boshida usulga kirishayotib jarohat oldi. Shifokorlarning og‘riq qoldiruvchi vositalari bir necha bor qo‘llansa ham, yakunda Assakalovda og‘riq pasaymadi va u Olimpiadaning bronza medali uchun bahsda imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq -77 kg vaznda o‘zbekistonlik Aram Vardanyan 3-o‘rin uchun bellashuvda qatnashgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi