Asila Mirzayorova yangi lavozimga tayinlandi (video)

Sport

image

Parij-2024 Paralimpiada o‘yinlari chempioni Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya agentligida ish boshlaydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Tez orada Mirzayorovaning agentlikda qanday lavozimda faoliyat yuritishi ham ma’lum bo‘ladi. 

Qayd etish joiz, mazkur tashkilotda Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorova ham Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakil hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova 1999 yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. U para yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiada o‘yinlari kumush medali sohibi va ikki karra Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij-2024 Asila Mirzayorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing