Prezident Para Osiyo öyinlari ğoliblari va iştirokçilarini tabrikladi

Sport

−

image

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Ayçi–Nagoya şaharlarida bölib ötgan V yozgi Para Osiyo öyinlarida iştirok etgan Özbekiston sport delegatsiyasini tarixiy natija bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Mard va jasur farzandlarimiz Osiyo qit’asining 45 ta davlatidan 2 ming 600 nafardan ziyod kuçli para sportçi iştirok etgan uşbu nufuzli musobaqalarda çinakam jasorat va matonat körsatib, mamlakatimiz sporti tarixida yana bir şonli sahifa oçganlari barçamizga çeksiz ğurur bağişlaydi. Sizlar qizğin va murosasiz ruhda keçgan bellaşuvlarda 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medalni qölga kiritib, Vatanimiz bayroğini baland kötarganingiz yuksak tahsinga munosibdir”, deydi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyevning ta’kidlaşiça, mamlakatdagi millionlab muxlislaringiz katta qiziqiş va hayajon bilan kuzatib borgan.

“Butun Özbekiston xalqi Yaratgandan omad va zafarlar tilab, sizlarni çin dildan qöllab-quvvatladi. Ayniqsa, sizlar ulkan azmu şijoatingiz bilan sporti jadal rivojlanayotgan Hindiston, Janubiy Koreya, Eron, Tailand, Indoneziya kabi davlatlar jamoalarini ortda qoldirib, Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiyadan keyin uçinçi örinni zabt etganingiz – çinakam qahramonlikdir”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari tabrigida özbekistonlik para sportçilarning musobaqalarda körsatgan jasorati, matonati va yuksak mahorati alohida e’tirof etildi.

“Sizlar Para Osiyo öyinlarida nafaqat çempionlik maqomini, balki butun xalqimizning işonçini, Vatanimiz şa’ni va ğururini munosib himoya qildingiz. Özbekiston sport delegatsiyasi qölga kiritgan oltin medallarning teng yarmi qizlarimiz hissasiga töğri kelganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlaşni istardim. Şiddatli bahslarda yurtdoşlarimiz jahon va Osiyo rekordlarini yangilab, özbek para sportining imkoniyatlari çeksiz ekanini yana bir bor isbotladilar”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Pauerliftingçi Röza Qöziyeva delegatsiya hisobiga oltin medal taqdim etiş bilan birga jahon rekordini örnatdi. Madina Muxtorova, Karomat Omonova yadro uloqtirişda, Şahina Yigitaliyeva nayza uloqtirişda, Navröza Ahmadova disk uloqtirişda, Xurşid Qodirov 100 metrga yugurişda, Yegor Bolotov 100 metrga çalqança suziş va 200 metrga kompleks suziş dasturlarida, delegatsiya tarkibidagi eng yoş sportçilarimizdan 16 yoşli Lolaxon Qodirova 50 metrga erkin usulda suzişda Osiyo rekordini qayd etdi.

Bundan taşqari, para velosport, pauerlifting va para yengil atletika sport turlari böyiça ham 16 nafar sportçi Para Osiyo öyinlari rekordini yangilaşga muvaffaq böldi.

Dmitriy Xorlin törtinçi bor, Bobirjon Omonov, Husniddin Norbekov, Qudratilloxon Ma’rufxöjayev, Faxriddin Hamroyev uçinçi bor Paraosiyo öyinlari şohsupasiga kötarilgan bölsa, Asila Mirzayorova, Şahina Yigitaliyeva, Guljonoy Naimova, Röza Qöziyeva ikkinçi marotaba qit’ada tengsiz ekanini amalda tasdiqladi. Şuningdek, Madina Muxtorova, Navröza Ahmadova, Mubinabonu Xalilova raqiblariga heç bir imkoniyat qoldirmasdan, ikki karra, Xurşid Qodirov esa uç karra oltin medal sohibiga aylandi.

Para Osiyo öyinlarida birinçi marta iştirok etgan Yegor Bolotov para suziş dasturlarida 4 ta oltin va 1 ta kumuş medalni qölga kiritdi. Para velosport böyiça jahon birinçiligida Özbekistonga ilk tarixiy oltin medalni olib kelgan delegatsiya bayroqdori Marjona Pardaboyeva Paraosiyo bellaşuvlarida ham yetakçilikni saqlab qoldi va ikki karra Osiyo çempioni degan şarafli nomga sazovor böldi.

Delegatsiyaning 15 yaşar a’zosi Boburbek Toştemirov para velosportning trek bahslarida Özbekistonning Paraosiyo öyinlaridagi birinçi oltin medalini qölga kiritiş bilan birga eng yoş çempion sifatida ham tarixga kirdi.

Prizident Ayçi–Nagoya maydonlaridagi yorqin natijalar bilan Özbekistonda Paralimpiya harakati yuqori bosqiçga kötarilganini ta’kidladi.

“Bularning barçasi – sizlarning tinimsiz mehnatingiz, bukilmas irodangiz, iste’dod va mahoratingiz, qolaversa, yurtimizda inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan tizimli işlarimiz natijasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz. Fursatdan foydalanib, mana şunday dovyurak va pahlavon farzandlarni tarbiyalagan, ezgu intilişlaringizni doimo qöllab-quvvatlab kelayotgan ota-onalaringiz, mohir va jonkuyar murabbiylaringizga çin yurakdan minnatdorlik izhor etaman”, deydi davlat rahbari.

Prezident Yaponiyada erişilgan natijalar va töplangan tajriba 2028 yilda Los-Anjelesda ötkaziladigan Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik köriş uçun mustahkam zamin bölib xizmat qilişiga işonç bildirdi. Şuningdek, sportçilar mazkur nufuzli musobaqaga munosib tayyorgarlik bilan borişlariga umid bildirib, ularning kelgusi faoliyati yanada yorqin zafarlarga boy bölişini tiladi.

Qayd etiş joiz, Özbekiston delegatsiyasi V yozgi Para Osiyo öyinlarida 11 ta sport turi böyiça 149 nafar sportçi bilan iştirok etdi va 145 medalni qölga kiritdi. Taqqoslaş uçun, özbekistonlik sportçilar 2023 yilda Xançjouda ötkazilgan Para Osiyo öyinlarida 79 ta medal – 25 ta oltin, 24 ta kumuş va 30 ta bronza medalini qölga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing