Diyora Keldiyorova Olimpiadadan keyingi ilk musobaqasida ishtirok etadi

Sport

−

image

Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova Qozog‘istonning Aqtau shahrida Turar Joldiboyev xotirasiga bag‘ishlangan ochiq Osiyo kubogida ishtirok etadi. Bu haqda Qozog‘iston dzyudo federatsiyasi xabar berdi. 

O‘zbekistonlik dzyudochi joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Aqtau shahridagi “Haluk Arena” majmuasida bo‘lib o‘tadigan musobaqada tatamiga chiqadi. Ushbu turnir Diyora Keldiyorova uchun Olimpiya o‘yinlaridan keyingi ilk musobaqa bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Diyora Keldiyorova 2024 yil 28 iyul kuni Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, sportchi farzandli bo‘lgani sababli musobaqalarda ishtirok etishdan uzoq muddatga tanaffus olgan va bir qator yirik turnirlarni o‘tkazib yuborgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq germaniyalik mutaxassis Marko Shpitka O‘zbekiston ayollar dzyudo terma jamoasiga qaytgani va Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorovani 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorlashi haqida ma’lumot berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing