Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Farg‘ona hokimi jahon chempioniga uy sovg‘a qildi

Sport

image

Yoshlar o‘rtasida Yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni Alisher G‘aniyevga Farg‘ona shahridan uy sovg‘a qilindi. Bu haqda Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 23 yoshli sportchi, yoshlar o‘rtasida Yunon-rum kurashi bo‘yicha 1-jahon chempioni Alisher G‘aniyevga xonadon kalitini topshirdi. 

Qayd etilishicha, uy Farg‘ona shahridagi Ekoshahar, ya’ni “Yangi O‘zbekiston” massividan berildi.

Ma’lumot o‘rnida, Alisher G‘aniyev 2024 yil oktyabr oyida Albaniya poytaxti Tirana shahrida bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U-23 yosh toifasidagi Jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston tarixida U-23 yosh toifasidagi Yunon-rum kurashi bo‘yicha 1-jahon chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan MMA jangchisi Mavlud Tifiyevga 3 xonali uy topshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher G'aniev Yunon-rum kurashi Jahon chempioni Farg'ona viloyat hokimligi matbuot xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing