Sobiq mansabdorlar Alisher G‘aniyev va Yunusjon Nasimjonovning ishi sudda ko‘riladi
3-sahifa
−
12:56 4225 2 daqiqa
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Abduvaliyevich G‘aniyev va Toshkent shahar soliq boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yunusjon Nasimjonovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani va ish sudga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sud materiallarida ma’lum qilingan.
Mazkur sud bugun, 21 sentyabrda bo‘lib o‘tishi qayd etilgan.
Toshkent shahar soliq boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yunusjon Nasimjonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-modda 2-qismi “a” bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
U 2021−2026 yillarda Toshkent shahar soliq boshqarmasiga rahbarlik qilgandi. Biroq Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri soliq idoralarini tanqid qilgan va qator rahbarlarini ishdan olgandi. Jumladan, poytaxt boshqarmasi rahbari Yunusjon Nasimjonov ham lavozimidan chetlatilgandi.
Bosh prokuratura Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher G‘aniyev esa Jinoyat kodeksining 205-modda 2-qismi “a” bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 223-modda 2-qismi “v” va “g” bandi (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) bilan ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ikki sobiq mansabdor bo‘lgan sudlanuvchilar Prezident tomonidan 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishdan bo‘shatilgandi. Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Soliq qo‘mitasi raisiga Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalarining boshliqlarini ishdan olib, vazifasini bajaruvchi qilib qo‘yishni topshirgandi.
Yig‘ilishda Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i X. Mullajonov va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Nasimjanovni ishdan olish, faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirilgandi.
Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan Alisher G‘aniyevga qo‘shtirnoq ostidagi “tadbirkor”larga soliqdan qochishda yo‘l ko‘rsatib yurganlik ayblovi qo‘yilgandi.
Live
Barchasi