IIV vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudda ko‘riladi

3-sahifa

image

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevga oid jinoyat ishi 29 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda sud materiallarida ma’lum qilingan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) “a”, “b” va “g” bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.

Mazkur jinoyat ishi doirasida jami 30 nafar shaxsga nisbatan ayblov qo‘yilgan. Qayd etilishicha, ularning aksariyati Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” va “v” bandlari bilan bir qatorda boshqa iqtisodiy va mansabga oid jinoyatlarda ham ayblanmoqda.

Ilova qilingan sud ro‘yxatiga ko‘ra, ayblanuvchilar orasida sobiq mansabdorlar Hoshim Yo‘ldoshev, Jahongir Qurbonov va Dilshod Tashev ham bor. Ularga nisbatan o‘zlashtirish yoki rastrata, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi, shuningdek ayrim holatlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi moddalar bo‘yicha ayblovlar ilgari surilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprel oyidan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. U 2025 yil 3 noyabr kuni lavozimidan ozod etilgan

2026 yil yanvar oyida esa Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m byudjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlanib, vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va departament boshlig‘i Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va uning qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing