Kurs UZS

USD

12 878.96

-30.68

EUR

14 801.79

-106.26

RUB

158.39

-1.36

Samarqand viloyati hokimligi MMA jangchisiga 3 xonali uy sovg‘a qildi

Sport

image

Samarqand viloyati hokimligi tomonidan MMA jangchisi Mavlud Tifiyevga 3 xonali uy topshirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, IFC promousheni chempioni Mavlud Tifiyev Samarqand viloyati hokimligi, xususan, yaqinda hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Adiz Boboyev tomonidan taqdirlangan. Uning qaysi moliyaviy hisobdan taqdirlangani noma’lum.

Ma’lumot o‘rnida, Mavlud Tifiyev joriy yilning 7 dekabr kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan IFC turnirida raqibini nokautga uchratib, kamar sohibiga aylangan. Shuningdek, u “One FC”, “Fire Fight”, RCC kabi promoushenlarda g‘alabalar qayd etib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

MMA Mavlud Tifiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing