O‘zbekistonlik kurashchi jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
23 Oktabr
6362Albaniyaning Tirana shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha u-23 yosh toifasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan Alisher G‘aniyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
G‘aniyev finalda neytral maqomdagi sportchi Dinislam Bammatovga qarshi gilamga chiqib, 8:4 hisobidagi g‘alaba qozondi va mundialda O‘zbekiston jamoasiga dastlabki medalni taqdim etdi.
G‘aniyevgacha Jahon chempionatidagi eng yaxshi natija -77 kg vazn toifasida ishtirok etgan “klassik” kurashchi Doniyorxon Nakibovga tegishli bo‘lib turgandi. U musobaqada yarim finalgacha yetib borishni uddaladi.
LiveBarchasi