Ozarbayjon va Armaniston chegarasida yana to‘qnashuv. Qurbon bor

Olam

image
Aliyev O‘zbekistonga Armaniston bo‘yicha bayonot qabul qilishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi north_east

Aliyev O‘zbekistonga Armaniston bo‘yicha bayonot qabul qilishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida harbiy xizmatni o‘tayotgan askar qurolli to‘qnashuv natijasida qurbon bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. 

“Bugun, 21 sentyabr kuni soat 9:20 da Armaniston-Ozarbayjon chegarasining Tovuz yo‘nalishi bo‘yicha Armaniston Qurolli Kuchlarining provokatsiyasini oldini olish paytida, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan kichik serjant Elshan Mamedov o‘ldirildi”, deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonotida. 

Mudofaa vazirligi Yerevanni chegaradagi vaziyatning yana bir keskinlashuvida aybladi. 

Vazirlikning bayonotida qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan aloqa chizig‘idagi aholi punktlari, fuqarolik infratuzilmasi va ob’ektlarni o‘qqa tutish orqali o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qo‘pol ravishda buzilmoqda. 

Mudofaa vazirligi hududdagi keskinlik uchun barcha javobgarlikni Armanistonning harbiy-siyosiy rahbariyatiga yukladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-16 iyul kunlari ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyat yanada keskinlashdi. Ozarbayjonda Armaniston Qurolli kuchlari hujumga o‘tgani aytildi. Rasmiy Yerevan ham qurolli to‘qnashuvga ozarbayjonlik askarlar hujumga o‘tganini sabab qilib ko‘rsatdi. Rasmiy Baku 11 nafar harbiy jumladan general-mayor Po‘lat Gashimov ham halok bo‘lganini bildirdi. Yerevan esa 4 qurbon va 10 yarali haqida ma’lumot berdi.

Qayd etish kerakki, Armaniston va Ozarbayjonning hududiy muammosi so‘nggi 30 yildan beri davom etyapti. Buning sababi Armanistonning Ozarbayjonga tegishli bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ni egallab olishidir. Xalqaro hamjamiyatning e’tirozlariga qaramay, Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonga qaytarmay keladi.

Vaziyat shu darajadaki, agarda ikki tomon ham tinchlanmasa davlatlar o‘rtasida urush boshlanishi ehtimoli yuqori. 

Yaqinda Yerevan harbiy salohiyatini mustahkamlash uchun Rossiya bilan hamkorlikni kuchaytirdi. Rossiyadan bir necha samolyotda Armanistonga qurol-aslahalar yuborildi. Shu bois Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiyaning bu boradagi “g‘amxo‘rligiga” o‘z e’tirozini билдирди. Buning ortidan Ozarbayjon Turkiya ham bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirishga kirishdi. Ikki mamlakat harbiylari ishtirokida qo‘shma mashqlar o‘tkazildi. Turkiya har qanday vaziyatda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing