Ozarbayjon Ukrainaga 7,6 million dollar ajratdi
Olam
−
17 iyul 2023
5545Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 17 iyul kuni Ukrainaga insonparvarlik yordami uchun 7,6 million dollar ajratish haqidagi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat Ozarbayjon davlat rahbari saytida e’lon qilindi.
“Ukrainaga insonparvarlik yordami ko‘rsatish maqsadida elektr jihozlarini sotib olish va jo‘natish uchun Ozarbayjon davlat byudjetida nazarda tutilgan Prezidentning zaxira fondidan respublika energetika vazirligiga manat ekvivalentida 7,6 million dollar ajratiladi”, deyiladi buyruqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabrida Ozarbayjon Ukrainaga elektr jihozlari – 45 ta quvvat transformatori va 50 ta generatordan iborat insonparvarlik yukini jo‘natgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Ukrainani tiklash bo‘yicha London konferensiyasida qatnashgan Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Baku Ukrainani tiklash uchun 10 million dollar ajratmoqchi ekanini aytgandi.
LiveBarchasi