Ozarbayjon Qorabog‘dagi g‘alabasini tantana qilmoqchi

Olam

image

Joriy yilning 10 dekabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da bir yarim oy davom etgan qurolli to‘qnashuv va qariyb 30 yildan keyin Ozarbayjon yerlarining Armaniston mustamlakasidan qaytarib olinishini tantana qiladi. Shu kuni poytaxt Bakuda g‘alaba paradi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

“10 dekabr kuni Ozodlik maydonida bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda 3 mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etadi. Unda 150 ga yaqin texnika namoyish etiladi. Ular orasida birinchi bor taqdim etiladigan raketa uchirish moslamalari va havo hujumidan mudofaa tizimlari ham bor”, deyiladi harbiy departament Matbuot xizmati xabarida.

Mudofaa vazirligi paradda raqib tarafdan tortib olingan harbiy texnikaning ma’lum qismi ham namoyish qilinishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 sentyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni boshlagandi. Har ikki tomon ham bir-birini tashviqotda ayblab, to‘liq yoki qisman harbiy safarbarlik e’lon qilgandi.

Joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi. 

Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qo‘shinlari Qorabog‘da besh yildan ko‘proq qolishidan umidvorligini bildirdi. Pashinyan TASS nashriga bergan intervyusida ushbu besh yillik davr nimaga asoslanib belgilangani va shu vaqt ichida nimalar qilish kerakligi haqida gapirdi

Pashinyanga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlik kafolatlarini yaratishi zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, RTKning Tog‘li Qorabog‘da bo‘lish muddati besh yil bilan cheklanib qolmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Parad

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing