Moskva meri G‘alaba paradi vaqtida odamlarni uyda o‘tirishga chaqirdi
Olam
−
12 iyun 2020
5917Moskva ma’muriyati aholiga Rossiya kuni va G‘alaba paradi vaqtida o‘z uylarini tark etishlarini tavsiya etmaydi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
"Men moskvaliklarga ushbu bayramlarni tomosha qilgani ko‘chaga chiqishni tavsiya qilmayman. Biz hozirgacha ommaviy tadbirlarni taqiqlab qo‘yganmiz. Ha, rasmiy tadbirlar 12 iyun va 24 iyun bo‘lib o‘tadi. Lekin, uni televizordan tomosha qilish yaxshiroqdir. Ortiqcha narsalar bo‘lmasligi kerak", deydi Moskva meri Sergey Sobyanin.
Eslatib o‘tamiz, Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan parad pandemiya sabab bekor qilingan edi. Shunga qaramay 9 may kuni Moskva osmonida mamlakat harbiy havo kuchlari ishtirokida harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin paradni 24 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.
Avvalroq, Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Moldova Prezidenti Igor Dodon Moskvaga faxriy mehmon sifatida ishtirok etishga taklif qildi. Shuningdek, Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya rahbarlari ushbu paradda ishtirok etishini ma’lum qildi.
Peskovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu harbiy paradga mehmon sifatida Moskvaga boradi.
LiveBarchasi