Shavkat Mirziyoyev Moskvada o‘tadigan paradga boradi
Jamiyat
−
10 iyun 2020
13369O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi poytaxtida G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan paradga boradi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya rahbarlari ularning paraddagi ishtirokini tasdiqlagan.
"Sheriklarimiz quvonchli kunimizda qatnashishni istashadi", deydi Peskov.
Avvalroq, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Moldova Prezidenti Igor Dodon Moskvaga kelishga rozilik bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvada 9 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan G‘alaba paradi pandemiya sabab 24 iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan edi.
LiveBarchasi