OTB O‘zbekistonga yana 93 mln dollar qarz beradi

Jamiyat

image

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirishga qaratilgan loyiha uchun 93 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. 

Qayd etilishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, 60 ming fuqaro, shu jumladan, 48 ming band bo‘lmagan aholi o‘z kasbiy ko‘nikmalarini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi loyiha bosh ijrochisi vazifasini bajaradi.

Avvalroq, Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga “Barqaror gidroenergetika” loyihasi doirasida 60 mln, milliy yo‘llar tarmog‘ining muhim nuqtalarida xavfsizlikni oshirishga 274,2 mln, elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun 200 mln dollar, sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish hamda jihozlash uchun 100 mln dollar, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun 500 mln dollar kredit ajratgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 20,8 milliard dollar ekvivalenti yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

qarz OTB

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing