Ota qimorga pul topish uchun bir yashar o‘g‘lini sotib yubordi
3-sahifa
−
10 Oktabr
14097Indoneziyalik erkak o‘zining 11 oylik o‘g‘lini pulini qimor o‘yinlariga sarflash uchun sotib yubordi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ota o‘zining qimor o‘yinlariga qaramligini moliyalash uchun shartnoma tuzgan. Ma’lum qilinishicha, erkak bolani sotishdan 800 dollarga yaqin pul olgan. Voqea ona o‘g‘lining yo‘qolganini payqab, politsiyaga murojaat qilganida ochiqlangan.
Dalillar bosimi ostida indoneziyalik jinoyatga iqror bo‘lgan va samimiy iqrornoma yozgan. Xaridor deb taxmin qilinganlar ham Indoneziyada 15 yilgacha qamoq va katta jarima bilan jazolanadigan odam savdosiga aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Samarqandda 13 yoshli qizini 25 ming dollarga sotib, savdoni restoranda “nishonlayotgan” ayol qo‘lga tushgandi.
LiveBarchasi