Ostonada Nazarboyevning haykali olib tashlandi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning Milliy mudofaa universitetidagi haykali olib tashlandi. Bu haqda “Orda.kz” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra jurnalistlar haykal joylashgan universitet hududiga kira olmagan. Chunki bu universitet strategik harbiy ob’ekt hisoblanadi. Qozog‘iston Mudofaa vazirligi yodgorlikning buzilishiga izoh bergan.

“Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti nomidagi Milliy mudofaa universiteti nomi Milliy mudofaa universitetiga o‘zgartirildi. Shu munosabat bilan Milliy mudofaa universiteti hududida joylashgan yodgorlikni Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat harbiy tarixi muzeyi binosiga ko‘chirish va o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi bayonotda.

Ayni paytda yodgorlik mudofaa bo‘limi binolaridan birida vaqtinchalik saqlanadi. Tayyorgarlik tadbirlaridan so‘ng, yodgorlik keyinchalik o‘rnatish uchun muzey binosiga ko‘chiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Nazarboyevning nomi temiryo‘l vokzalidan o‘chirilayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev haykal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing