Yevroparlamentda Trampning yalang‘och holdagi haykali ko‘rgazmaga qo‘yildi
Olam
−
14:26 1250 2 daqiqa
Kecha, 6 oktyabr kuni Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevropa parlamenti qarorgohida AQSH Prezidenti Donald Trampning yalang‘och holdagi oltin suvi yuritilgan haykali ko‘rgazmaga qo‘yildi. Bu haqda “Spiegel” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Orange Plague” (“To‘q sariq o‘lat”), shuningdek, “Adolatsizlik qiroli” nomi bilan mashhur ushbu satirik haykalni daniyalik haykaltarosh Yens Galsxiot yasagan.
Haykalda Tramp yalang‘och holda, bir erkakning yelkasida o‘tirgan holatda tasvirlangan. Bir qo‘lida u haddan tashqari uzun golf tayog‘ini ushlab turibdi. Poydevori bilan birgalikda haykalning balandligi qariyb 2,5 metrni tashkil etadi va muallifning ma’lumotlariga ko‘ra, 23 karatli oltin suvi bilan qoplangan.

Haykal Yevroparlamentning eng gavjum joylaridan birida namoyish etilgan. Ko‘rgazma 8 oktyabrgacha davom etadi. AQSH Prezidentining o‘zi hozircha ushbu haykalning paydo bo‘lishiga izoh bergani yo‘q.
Galsxiotga asarni Yevroparlamentda namoyish etishga so‘lchilar fraksiyasidan bo‘lgan daniyalik yevrodeputat Per Klausen taklif qilgan.
“Agar kimdir Yevropa parlamentida ushbu haykalning namoyish etilishiga chiday olmaydigan darajada arazchi bo‘lsa, unga jahon maydonida hech vaqo yo‘q”, deydi u.
Muallifning g‘oyasiga ko‘ra, ushbu asar Tramp siyosatiga nisbatan tanqid hisoblanadi. Haykaltarosh AQSH Prezidentini iqlim inqirozini hal qilish yo‘lidagi asosiy g‘ovlardan biri deb ataydi.
Eslatib o‘tamiz, avvadroq Germaniyaning Selm shahri yaqinidagi fermer makkajo‘xori dalasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan ulkan labirint yaratgandi.
Live
Barchasi