Oston O‘runov O‘zbekiston chempionatiga qaytishi mumkin
Sport
−
27 Oktabr 2022
2577O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Ural” klubining sobiq futbolchisi Oston O‘runov faoliyatini Namanganning “Navbahor” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oston O‘zbekiston chempionatining yakunlanishiga 3 ta tur qolgani sababli qaror qabul qilishga ikkilanmoqda. Agar “Navbahor” chempionat yakuniga ko‘ra, Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, O‘runov klub taklifiga rozi bo‘ladi. Hozirda, Oston O‘zbekistonda mavsum yakunlanishini kutmoqda.
22 yoshli futbolchi Koreyaning “Jonbuk Motors” klubiga ham o‘tishi mumkin edi. Biroq koreys klubi e’tiborini boshqa futbolchiga qaratgan.
Ayni damda “Navbahor” O‘zbekiston chempionatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Turnirda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Osiyo chempionlar ligasiga yo‘llanma oladi. 3 va 4-pog‘ona egalari saralash bosqichida ishtirok etadi.
Avvalroq, Oston O‘runov “Ural” safini tark etgani to‘g‘risida xabar bergandik. Keyinroq, Oston rus klubining bosh murabbiyi bilan o‘rtalaridagi kelishmovchilik sababli ketganligi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli yarim himoyachi sentyabr oyi oxirida uylangan edi.
Ma’lumot uchun, Oston O‘runov Toshkentning "Paxtakor" klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Rossiyada "Spartak", "Ufa" va "Ural" klublarida o‘ynagan. “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 700 ming yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar