Özbekiston kubogi finalçilari aniqlandi
Sport
−
1819 1 daqiqa
Bugun, 24 noyabr kuni Özbekiston kubogining yarim final uçraşuvlari bölib ötdi. Unda Namanganning “Navbahor” va Toşkentning “Lokomotiv” jamoalari raqiblarini mağlub etib, final yöllanmasini qölga kiritdi.
Toşkentdagi “Lokomotiv” stadionida ötkazilgan OKMK – “Navbahor” uçraşuvida Temur Kapadze şogirdlari 21-daqiqada Kojoning kiritgan yagona goli evaziga 1:0 hisobida ğalaba qozondi va finalga yöl oldi.
Ikkinçi yarim final bahsi Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida bölib ötdi. Unda Toşkentning “Lokomotiv” jamoasi vodiyning “Andijon” klubiga qarşi maydonga tuşdi. Uçraşuvning asosiy vaqtida hisob oçilmadi. Qöşimça bölimlarda esa “temiryölçilar” ikkita gol urib, ğalabani ta’minladi. Dastlab 97-daqiqada Muhammadali Raimov hisobni oçgan bölsa, 108-daqiqada Temurxöja Abduxoliqov jamoasining ikkinçi golini kiritdi.
Şu tariqa, “Navbahor” va “Lokomotiv” Özbekiston kubogi finalida iştirok etadigan böldi.
Ma’lumot uçun, final uçraşuvi joriy yilning 10 dekabr kuni Toşkentdagi “Paxtakor” stadionida bölib ötadi.
Live
Barçasi