“Lokomotiv” futbolçilari ketayotgan poyezd hujumga uçradi
Sport
−
17:04 622 2 daqiqa
Rossiya Premer-ligasining 12-turida “Rostov”ga qarşi öyindan keyin (0:2) Moskvaga qaytayotgan “Lokomotiv” futbolçilari va klub xodimlari bölgan poyezd dron hujumiga uçradi. Bu haqda “Lokomotiv”ning bir neçta futbolçisi agenti Vadim Şpinyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
Manbaga köra, klub vakillaridan heç kim jabrlanmagan, biroq poyezddagi beş nafar yölovçi jarohat olgan. “Lokomotiv” tibbiyot xodimlari voqea joyida ularga yordam körsatgan. Dron futbolçilar ketayotgan vagondan törtta vagon naridagi vagonga urilgan.
“Lokomotiv” klubi matbuot xizmati jamoa futbolçilari va xodimlari maşğulot bazasiga töliq tarkibda qaytgani va Rossiya kubogi hamda çempionati uçraşuvlariga tayyorgarlikni boşlaganini ma’lum qildi.
Rossiya temir yöllari avvalroq Voronej viloyatidagi Somovo stansiyasida Anapa – Moskva yönalişida harakatlanayotgan yölovçi poyezdi vagoni dron hujumi oqibatida şikastlanganini xabar qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, beş nafar yölovçi jarohat olgan va ularga tibbiy yordam körsatilgan.
Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusevning ma’lum qilişiça, bir keça davomida Voronej va unga yaqin hududlar osmonida 113 ta dron urib tuşirilgan. Hujum oqibatida uç kişi halok bölgan, 39 kişi esa jarohatlangani xabar qilindi.
Live
Barchasi