O‘zbekistonning amaldagi chempioni Kubokdan chiqib ketdi

Sport

−

image

Kecha, 20 oktyabr kuni O‘zbekiston Kubogining chorak final bosqichi doirasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi mamlakat chempioni “Neftchi” o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” klubiga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

Uchrashuvda “Lokomotiv” futbolchilari Jasur Yaxshiboyevning 11-daqiqada penaltidan urgan goli hamda 22-daqiqada Bilol To‘pliyevning aniq zarbasi evaziga hisobda oldinga chiqdi. 33-daqiqada Yaxshiboyev dubl qayd etib, farqni uchta golga yetkazdi.

36-daqiqada Xurshid G‘iyosov “Neftchi”ning birinchi golini urdi. Biroq 43-daqiqada Diyor Turopov yana bir bor “Lokomotiv” ustunligini mustahkamladi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda, 45+2-daqiqada Abror Ismoilov farqni qisqartirdi – 2:4. Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi va “Lokomotiv” yarim finalga yo‘l oldi.

Endi yarim finalda “temiryo‘lchilar” vodiyning “Andijon” jamoasi bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Kunning ikkinchi uchrashuvida OKMK Ivan Peshich va Nodirbek Abdurazzoqovning gollari evaziga “Guliston”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Olmaliqliklar final uchun bugun, 21 oktyabr kuni “Navbahor” va “G‘azalkent” o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv g‘olibi O‘zbekiston Kubogining so‘nggi yarim finalchisiga aylanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing