“Neftçi” 7-marta Özbekiston çempioni böldi

Sport

−

visibility3302 timer1 daqiqa

image

Bugun, 28 noyabr kuni Farğonada Superliganing 29-turidan örin olgan “Neftçi” – “Dinamo” uçraşuvi bölib ötdi. Tomonlar 2:2 hisobida durang öynadi va bu natija farğonaliklarga çempionlikni muddatidan oldin rasmiylaştiriş imkonini berdi.

Uçraşuvda Amadu Dumbuya 42-daqiqada hisobni oçdi. 44-daqiqada esa u yana bir bor gol urib, “Dinamo”ning ustunligini oşirdi. 57-daqiqada Jamşid Iskandarov penaltini aniq amalga oşirib, farqni qisqartirdi. Asosiy vaqtga qöşib berilgan, 90+6-daqiqalda esa Iskandarov yana bir bor penaltidan gol urib, hisobni tenglaştirdi.

Kunning ikkinçi uçraşuvida “Paxtakor” safarda “Qizilqum”ni 2:1 hisobida mağlub etdi. Biroq bu natija çempionlik uçun kuraşga ta’sir körsata olmadi.

Şu tariqa, “Neftçi” oçkolarini 67 taga yetkazib mudatidan avval, öz tarixida yettinçi marta Özbekiston çempioniga aylandi. Farğonaliklar bunga qadar 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 va 2025 yillarda ham mamlakat çempionligini qölga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing