Bugun Özbekiston çempioni aniq bölişi mumkin

Sport

−

visibility197 timer1 daqiqa

image

Bugun, 28 noyabr kuni Farğonada “Neftçi” jamoasi öz maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. Uşbu bahsda durang natija qayd etilsa ham farğonaliklar çempionlikni qölga kiritadi.

Kunning ikkinçi uçraşuvida esa “Qizilqum” “Paxtakor” bilan bahs olib boradi. Har ikki uçraşuv soat 16:15 da boşlanadi.

Ma’lumot uçun, ayni vaqtda “Neftçi” 64 oçko bilan Superliga jadvalida peşqadamlik qilmoqda. Toşkentning “Paxtakor” jamoasi esa 59 oçko bilan ikkinçi örinda bormoqda.

“Şerlar” çempionlikni qölga kiritişi uçun “Neftçi” bugungi va sönggi turdagi uçraşuvlarda mağlub bölişi, “Paxtakor” esa har ikki bahsda ğalaba qozonişi kerak. Aks holda, Islom Ismoilov boşçiligidagi jamoa ketma-ket ikkinçi mavsumda çempionlikni qölga kiritadi.

Qolgan jamoalarning çempionlik uçun kuraşda matematik imkoniyatlari saqlanib qolmagan.

Eslatib ötamiz, ötgan mavsumda “Neftçi” 24 yillik tanaffusdan söng Özbekiston çempionligini qölga kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing