“Neftçi” futbolçisi Elit OÇL turnirida ikki uçraşuvga çetlatildi

Sport

−

image

Farğonaning “Neftçi” klubi yarim himoyaçisi Ikrom Aliboyev Elit Osiyo Çempionlar ligasi turniridagi ikkita uçraşuvni ötkazib yuboradi. Bu haqda OFK Tartib-intizom va etika qömitasi xabar berdi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi Tartib-intizom va etika qömitasining keça, 28 oktyabr kuni qabul qilgan qaroriga köra, futbolçi guruh bosqiçida “Al-Nasr”ga qarşi bahsda raqibga nisbatan öta qöpol harakat qilgani va töğridan töğri qizil kartoçka olgani uçun OFK Tartib-intizom kodeksining 47-moddasi asosida ikki uçraşuvga diskvalifikatsiya qilingan.

Aliboyev jazoning avtomatik bir öyinlik qismini joriy yilning 26 oktyabr kuni “Al-Ittihod”ga qarşi bahsda ötab bölgan. Şu sababli u 2 noyabr kuni Eronning “Traktor” klubiga qarşi safar uçraşuvida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.
Bundan taşqari, futbolçiga 2000 AQŞ dollari miqdorida jarima belgilangan. Uşbu mablağ 30 kun içida tölanişi kerak.

Eslatib ötamiz, farğonaliklar joriy yilning 12 oktyabr kuni “Al-Nasr”ga qarşi bahsda 1:3 hisobida mağlubiyatga uçragan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing